Muborak Umra safariga eng go‘zal va xotirjam qadam
Umra shunchaki safar emas, bu qalb orzusi va ulug‘ ibodatdir. 25 000+ ziyoratchi ishonchini qozongan Safar Travel bilan har bir qadamda yuqori darajadagi g‘amxo‘rlik va xotirjamlikni his etasiz.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri qulay aviaqatnovlar (Toshkent — Jidda / Madina)
- Haramga piyoda 150–300m eng yaqin 4-5★ mehmonxonalar va 3 mahal taom
- 5L Zamzam suvi, brendli nimcha, sifatli sayohat sumkasi va qo‘llanma bepul
Safar narxi va bo‘sh joylarni bilish
Telefon raqamingizni qoldiring, mutaxassisimiz 20 daqiqada siz bilan bog‘lanadi.
25 000+ ziyoratchi biz bilan Umra amalini bajardi
Biz shunchaki safar sotmaymiz — xotirjamlik va ishonchni ta’minlaymiz. Har bir ziyoratchiga alohida ehtirom va g‘amxo‘rlik ko‘rsatamiz.
Ota-onasini yuboruvchilar uchun
Oila bilan doimiy aloqa, kunlik video va foto hisobotlar hamda safar davomida 24/7 g‘amxo‘rlik xizmati.
Ayollar uchun
Ayol hamrohlar, xavfsiz va qulay sharoitlar hamda ayollarga xos ibodat amallarini tushuntiruvchi ustozlar.
Yoshi kattalar uchun
Doimiy malakali tibbiy nazorat, maxsus aravachalar ko‘magi va Haramga 150-300m eng yaqin joylashuv.
Birinchi marta boruvchilar uchun
Guruh rahbari nazorati, ehrom bog‘lash qoidalari va har bir ziyorat amalini oldindan tushuntirish.
Shinam va Haramga eng yaqin mehmonxonalar
Umrada mehmonxonaning joylashuvi juda muhim — ayniqsa ota-onalar va yoshi kattalar uchun. Uzoq yo‘l charchatadi, shuning uchun biz har bir mehmonxonaning aniq masofasini taqdim etamiz.
Swissôtel Makkah
Clock Tower majmuasida joylashgan, Haramga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulay kirish yo‘lagiga ega premium mehmonxona.
Address Hotel Makkah
Hashamatli 5★ xizmat, keng va shinam xonalar, boy milliy shved stoli hamda Haramga juda yaqin masofa.
Sebal Al Masi
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) masjidlariga bir necha qadam masofada joylashgan qulay va xotirjam mehmonxona.
Waqf Al Safi
Oilaviy sharoitlar, o‘zbekcha mazali 3 mahal issiq taomlar va ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar.
Al Ebaa Hotel
Sokin va qulay hududda joylashgan, toza va yorug‘ xonalar hamda doimiy transport ko‘magi.
Taj Park Hotel
Qulay iqtisodiy variant, Haramga 24/7 qatnovchi zamonaviy avtobus transferi bilan ta’minlangan.
Barcha asosiy xizmatlar to‘liq kiritilgan
Siz faqat ibodat haqida o‘ylaysiz — yo‘l, viza, mehmonxona, taomlanish va barcha tashkiliy ishlarni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz.
Ziyoratchilarimiz uchun bepul bonuslar
Safaringiz yanada qulay va xotirjam o‘tishi uchun har bir ziyoratchiga maxsus sovg‘alar to‘plamini taqdim etamiz.
Nimcha va sayohat sumkasi
Safar Travel brendli, ziyoratda juda qulay bo‘lgan maxsus sifatli nimcha va yengil sayohat sumkasi.
5 litr Zam-zam suvi
Har bir ziyoratchi uchun maxsus qadoqlangan, muborak 5 litrlik asl Zam-zam suvi sovg‘a qilinadi.
Umra qo‘llanma kitobchasi
Barcha ziyorat amallari, niyatlar va duo matnlari o‘zbek tilida jamlangan maxsus qo‘llanma kitobcha.
Ma’naviy mazmunli safar, malakali ellikboshilar
Ilmli va tajribali ulamolar bilan ziyorat qiling. Har bir ibodat amali, niyat va duolar o‘zbek tilida sodda va tushunarli tarzda o‘rgatiladi.
Ismoilov Zoirjon qori Abdulvohid
Bosh ellikboshiImom-xatib va islomshunos. Toshkent Islom instituti (Imom Buxoriy ma'hadi) hamda Misrdagi Al-Azhar universiteti bitiruvchisi. 25+ yillik diniy xizmat tajribasi, 3 000 dan ortiq ziyoratchiga yo‘lboshchilik qilgan.
Asatov Rustam Tashpulatovich
Guruh rahbariMisr Al-Azhar universiteti bitiruvchisi. Arab tili mutaxassisi, mohir xattot va sinxron tarjimon. Arab va rus tillarida mukammal so‘zlashadi. 2022 yildan buyon Safar Travel safarlarida boshchilik qiladi.
Nuriddinov Nodirbek Qurbonbek o‘g‘li
Tarixshunos ustozIslom sivilizatsiyasi «Allomalar merosi» bitiruvchisi. Islom tarixi va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratlari bo‘yicha chuqur bilim sohibi. Saudiya Arabistonida 5 000 dan ortiq ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan.
Abdurahmonov Abdurahmon Shavkat o‘g‘li
Guruh rahbari«Nurul Islom» masjidi imom yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan. Safar davomida har bir ziyoratchining sharoiti va ibodatini to‘g‘ri ado etishida 24/7 g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi fidoyi guruh rahbari.
Siz qanday ziyorat qilishni xohlaysiz?
Litsenziyasiz noqonuniy firmalar bilan
- Litsenziyasiz firma jarimaga tortilishi va safar bekor bo‘lishi mumkin
- Arzon reyslarning soatlab kechikishi va noaniq parvoz jadvallari
- Mehmonxonalarning Haramdan uzoqligi va ortiqcha charchoq
- Qonuniy himoya va rasmiy shartnoma yo‘qligi
Safar Travel bilan rasmiy va xavfsiz
- Davlat litsenziyasi orqali to‘liq qonuniy himoyalanganlik
- Ishonchli aviakompaniyalar bilan o‘z vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar
- Haramga 150–300m yaqin mehmonxonalar orqali ko‘proq ibodat qilish imkoniyati
- 100% rasmiy shartnoma — qonuniy va to‘liq xavfsizlik kafolatlangan
Bosh ofisimiz manzili
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 3-uy
Novza masjidi ro‘parasida, Result o‘quv markazi yonida. Har kuni: 09:00 — 19:00
Umra ziyoratiga ariza qoldiring
Ma’lumotlaringizni qoldiring — mutaxassisimiz 20 daqiqa ichida siz bilan bog‘lanib, yaqin reyslar, bo‘sh o‘rinlar va mehmonxonalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradi.